Shols reytingi rekord darajada tushib ketdi

So‘rovda qatnashganlarning 62 foizi Germaniya kansleri ishidan rozi emasligini bildirgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Germaniya kansleri Olaf Shols reytingi rekord daraja tushib ketdi. Bundan Germaniyaning INSA ijtimoiy instituti o‘tkazgan so‘rov natijalari darak bermoqda.
“Bild am Sonntag” uchun joriy yil 15-avgustidan 19-avgustigacha o‘tkazilgan so‘rovda 1427 respondent qatnashgan.
“Hozir Sholsning ishidan faqat 25 foiz fuqaro qoniqmoqda, 62 foizi esa rozi emas”, - deyilgan xabarda.
Jamiyatshunoslar agar Germaniya kansleri saylovi hozir o‘tkazilganda, Shols 18 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lardi degan xulosaga kelishgan.