TOShKENT, 21 avg — Sputnik. “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Toshkent – Farg‘ona – Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
“Qanot Sharq” aviakompaniyasi Farg‘ona xalqaro aeroporti orqali o‘zining ilk Toshkent – Farg‘ona – Moskva yo‘nalishidagi muntazam parvozlarini amalga oshirishni boshladi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, parvozlar Airbus A320 havo kemasida amalga oshiriladi. Qatnov xaftaning har shanba va yakshanba kunlari bajariladi.
Avvalroq “Qanot Sharq” Peterburgdan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ygani xabar qilingan edi.