Bu qiziq

Olimlar saraton o‘sishini to‘xtatuvchi mevani ma’lum qilishdi

Daily Express nashrining xabar berishicha, olimlar saraton o‘smasi rivojlanshini to‘xtatuvchi rezavor mevani aniqlashgan.
Sputnik
Nutrition and Cancer jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, mutaxassislar chetan qoramevasi (rabina) kolorektal saratoni rivojalanishini oldini olishda ijobiy ta’sir qiladi. 50 milligramm chetan qoramevasi ichak saratoni o‘smasi o‘sishini 60% ga to‘xtata oladi.
Bunday ta’sirga sabab rezavor meva tarkibidagi antiosidantlardir. Ular saratonning ba’zi turlarida o‘sma rivojlanishini oldini oladi. Chetan qoramevasi ekstrakti, shuningdek, ko‘krak saratoniga sabab bo‘luvchi oksidlovchi stressni kamaytirishga yordam beradi.
Ma’lum bo‘lishicha, olimlarda chetan teri saratonini ham kamaytirishini tasdiqlovchi dalillar bor. Hozirda mutaxassislar bu borada qo‘shimcha o‘rganishlar olib borishmoqda.
Ekspertlarning aytishicha, chetan mevasining bunday yaxshi ta’siri har doim uning saraton kasalligini olini olishini bildirmaydi. Masalan, ushbu kasallikka chalinishda qarilik va irsiy moyillikni ham hisobga olish kerak.
Shifokorlar saraton kasalligini iloji boricha o‘z vaqtida erta aniqlash uchun odam organizmida (o‘smalar hech qanday sabablarsiz vazn kamayib ketdi, tunga uyqu paytida terlash kabi) noodatiy o‘zgarishlarni sezganidanoq, darhol mutaxassis ko‘rigidan o‘tishni tavsiya qilishadi.