Iqboljon Xoldorov meksikalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi - video

Meksikadagi boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschiga Mariel Bustamante raqiblik qildi.
Sputnik
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik professional bokschi Iqboljon Xoldorov Meksikada o‘tgan boks oqshomida raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi.
Boks oqshomida unga meksikalik Mariel Bustamante raqiblik qildi. Jang Xoldorovning ustunligi bilan boshlandi. Raqib ketma-ket kuchli zarblarni o‘tkazib yubordi. Uchinchi raundda hakam jangni muddatidan avval to‘xtadi.
Shu tariqa Iqboljon professional boksdagi to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.