TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Rossiya iqtisodiyoti misli ko‘rilmagan tashqi bosim sharoitida o‘zini G‘arb tahlilchilari bashorat qilganidan ham barqarorroq ekanligini ko‘rsatdi. Bu haqda “Financial Times” gazetasi yozmoqda.
Nashrning qayd etishicha, Rossiya Markaziy bankining kapital harakatini nazorat qilish choralarini kiritishi va asosiy stavkani keskin oshirgani rublni barqarorlashtirgan.
Qolaversa, energiya resurslari narxining ko‘tarilishi va yonilg‘ining Xitoy, Hindiston va Turkiyaga yetkazib berish hajmining ko‘payishi Yevropa davlatlarining Rossiyadan gaz va neftdan voz kechish urinishlarini barbod qildi.
Shuningdek, nashr bir qator G‘arb kompaniyalari Rossiyada faoliyatini davom ettirayotganini va Rossiya bozorini tark etishga qaror qilganlar o‘z aktivlarini mahalliy ishbilarmonlarga sotishganini, shu sababli korxonalarning o‘zi hamon faoliyat yuritayotganiga e’tibor qaratgan.