TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Belgilanishicha:
“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaxassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan tadbirkorlar taqdirlanadi.
Shuningdek, prezident “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoyishni imzoladi. Biznesdagi muvaffaqiyatlari hamda ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan 100 nafar tadbirkor "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, 22-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.