TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘ida Alatau laqabli jirafa vafot etdi, bu haqda bog‘ matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, so‘nggi hafta davomida Alatauning ishtahasi pasayib borayotgani kuzatildi va u tez sur’atda vazn yo‘qotishni boshladi.
Hayvonot bog‘i veterinariya mutaxassislari jirafaning ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun simptomatik davolashni boshlab yuborishdi. Ichak parazitlari mavjudligini tekshirish bo‘yicha o‘tkazilgan koprologik ko‘rik salbiy natija berdi.
Veterinar va kiperlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan jirafa 20-avgust kuni tunda vafot etdi.
Davlat Veterinariya bo‘limi vakillari ishtirokida jonivorni yorib ko‘rish jarayoni o‘tkazilmoqda. Barcha zarur patologoanatomik materiallar Hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha davlat veterinariya markazi laboratoriyasiga yuboriladi.
Alatau 2016-yilda 3 yoshligida Olmaota hayvonot bog‘idan olib kelingandi.