TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Rossiya aviatsiyasi Xarkov yaqinidagi “Kraken” millatchi tuzilmasi pozitsiyalariga zarba berdi, 100 dan ortiq jangari yo‘q qilindi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Xarkov viloyatidagi Andreyevka aholi punkti yaqinida Rossiya harbiy aviatsiya kuchlarining “Kraken”* millatchilarining jangovar pozitsiyalariga berilgan zarbasi natijasida 100 dan ortiq jangari, shu jumladan 20 nafargacha amerikalik yollanma askar yo‘q qilindi”, - deyilgan bayonotda.
Bundan tashqari, Rossiya HHKning tezkor-taktik aviatsiyasi Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi Velikomixaylovka aholi punkti hududida Ukraina QK hududiy mudofaasining 110-brigadasi joylashgan joyga zarba berdi.
Bo‘linma kamida 200 kishini yo‘qotgani, 150 dan ortig‘i yaralangani aytilmoqda.
DXRdagi Zvanovka va Paraskokiyevka aholi punktlari yaqinidagi Ukraina armiyasi havo-desant brigadasining 3 va 12-batalonlari shaxsiy tarkibi to‘plangan hududlarga yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari oqibatida yana kamida 200 kishi halok bo‘ldi.