O‘zbekistonda Sankt-Peterburg davlat universitetining vakolatxonasi ochildi

O‘zbekistonda Sankt-Peterburg davlat universitetining vakolatxonasi ochildi
Sputnik
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. O‘zbekistonda Sankt-Peterburg davlat universitetining vakolatxonasi ochildi.
Vakolatxona “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritadi.
Vakolatxona hududdagi oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni mustahkamlash, korporativ sektor bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, rus tili, tarixi va madaniyatini targ‘ib qilish, shuningdek, akademik almashinuvlarni, qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Muassasa bazasida davra suhbatlari, onlayn ma’ruzalar, taqdimotlar, konferensiyalar, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, rossiyalik olimlarning chiqishlari va rus tilidan test sinovlari o‘tkaziladi.
Kuzda “Sun’iy intellekt va uni zamonaviy sanoatda qo‘llash usullari”, “Uyali va genetik texnologiyalar sohasidagi tendensiyalar”, “Markaziy Osiyo mamlakatlari an’analarining Rossiya madaniyatiga ta’siri” mavzularida ilk ma’ruzalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Rossiya universitetlarining filiallari soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Respublikada Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnika universiteti, Gersen nomidagi davlat pedagogika universiteti, VGIK, MISiS, MIFI, MGIMO a o‘z filiallarini ochgan.