O‘zbekiston qaysi davlatlarga olxo‘ri eksport qilmoqda

O‘zbekiston olxo‘ri eksportini 23,3 ming tonnaga oshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning 7 oyida xorijga qiymati qariyb 19 mln dollariga teng bo‘lgan 38,2 ming tonna olxo‘ri eksport qilgan.
Olxo‘ri eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 23,3 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 7 oyi davomida O‘zbekiston eng ko‘p olxo‘ri eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 22,8 ming tonna;
Rossiya – 13,8 ming tonna;
Qirg‘iziston – 1,5 ming tonna;
Belarus – 98,6 tonna;
Mongoliya – 19,8 tonna.