Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Kiyev rejimi Rossiya harbiylariga qarshi kimoviy qurol qo‘lladi

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 31-iyul kuni Zaporojye viloyatida topshiriqlarni bajarayotgan rossiyalik harbiylar zaharlanish belgilari bilan harbiy gospitalga olib kelindi.
Sputnik
Ularning tanasidan “B” tipidagi botulotoksin moddasi topilgan.
Rossiya barcha tahlillar natijalarini Kimoviy qurolni taqiqlash tashkilotiga yuboradi.
Xerson viloyati muvaqqat ma’muriyati rahbari Saldo bayonotiga ko‘ra, kimoviy jangovar moddalar bilan zaharlanishi bo‘yicha qo‘shimcha tergov olib borilmoqda.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada harbiy operatsiya o‘tkazmoqda, Vladimir Putin bundan maqsadni “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyaning yakuniy maqsadi - Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Rossiya armiyasi DXR va LXR kuchlari bilan birgalikda Lugansk Xalq Respublikasi hududini va Doneskning muhim qismini, shu jumladan Volnovaxa, Mariupol va Svatogorskni, shuningdek, butun Xerson viloyatini, Zaporojyening Azov viloyatlarini to‘liq egallab oldi.