TOShKENT, 20 avg — Sputnik. UzAuto Motors 2022-yil oxiridan boshlab Spark va Nexia avtomobillari ishlab chiqarishni to‘xtatadi.
Bugundan boshlab dilerlik markazlarida ushbu avtomobillar uchun shartnoma berish yana qayta tiklanadi.
Iste’molchilarning zamonaviy avtomobilga bo‘lgan talabining ortib borayotganligi sababli, UzAuto Motors ishlab chiqarish liniyalarini bosqichma-bosqich yangi avtomobil modellariga o‘tkazmoqda.
Detroytda General Motors kompaniyasi vakillari bilan modellar qatorini yangilash va ishlab chiqarish hajmini oshirish doirasida o‘tkazilgan muzokaralarda, UzAuto Motors zavodi ishlab chiqarish quvvatini sezilarli darajada oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Chevrolet Tracker va Onix bilan bir qatorda Chevrolet avtomobillarining zamonaviy modellari bilan kengaytirish va ishlab chiqarilayotganlarini yangilash (facyelift) bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilning iyul oyida Chevrolet Tracker avtomobili ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ydi. Oradan bir hafta o‘tgach, PPV (pred-prodakshn) bosqichida birinchi Chevrolet Onix avtomobilini ishlab chiqardi. 2023-yil boshida Chevrolet Onix avtomobilini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Konveyerlarning yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishga o‘tkazilishi munosabati bilan, 2022-yil yakunida Chevrolet Spark va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Qolgan butlovchi qismlar yil davomida ushbu avtomobil modellarining turli konfiguratsiyalardagi so‘nggi partiyalarini cheklangan miqdorda ishlab chiqarishni davom ettirish imkonini beradi. Bugundan boshlab, ushbu Chevrolet Sparkva Nexia avtomobillari sotuvga chiqariladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda UzAuto Motors avtomobillariga bo‘lgan talabning yuqori ekanligini inobatga olib, kompaniya Chevrolet Spark va Nexia avtomobillari eksport hajmining bir qismini ichki bozorga yo‘naltirishga qaror qildi.