Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaporojye AESi himoya tizimi kuchaytiriladi - viloyat rahbariyati

Rogov: Biz bu kunni to‘liq qurollangan holda kutib olmoqdamiz, chunki Zelenskiy rejimidan hamma narsani kutish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Zaporojye AESni himoya qilish tizimi Ukraina armiyasi tomonidan obyektga zarba berishga urinish ehtimoli bo‘lgani tufayli kuchaytirildi. Bu haqda RIA Novostiga viloyat ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-leytenant Igor Konashenkov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Ukrainaga tashrifi chog‘ida Kiyev rejimi Zaporojye atom elektr stansiyasida rezonansli provokatsiya tayyorlayotganini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, ular texnogen falokat uchun Rossiyani ayblashni rejalashtirayotgani aytilgandi.
“AESni himoya qilish tizimi kuchaytirildi, barcha tafsilotlarni oshkor eta olmayman. Biz bu kunni to‘liq qurollangan holda kutib olmoqdamiz, chunki Zelenskiy rejimidan hamma narsani kutish mumkin”, dedi Rogov.
RF Qurolli kuchlarining radiatsion, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov Kiyevning Zaporojye atom elektr stansiyasidagi harakatlari tufayli Chernobil va Fukusimada sodir bo‘lgan holatga o‘xshash vaziyat yuzaga kelishi mumkinligini aytdi.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda stansiya Rossiya harbiylari tomonidan nazorat qilinadi. So‘nggi haftalarda Ukraina Qurolli kuchlari AES hududiga muntazam ravishda zarbalar berdi.