Wildberries O‘zbekistonning qaysi tovarlari eng ko‘p xarid qilinayotganini aytdi

Onlayn savdo maydonchasi xabariga ko‘ra, so‘nggi yarim yilda MDHlik tadbirkorlar mahsulotlari ulushi 4,5 baravar, tadbirkorlar soni esa 12 baravar oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg - Sputnik. O‘zbekiston va MDHning boshqa davlatlari tadbirkorlari Wildberries savdo maydonchasida o‘z ulushini 441 %ga, biznes vakillari soni esa 12 barobar oshib 69 ming nafarga yetdi, deb xabar qildi internet magazin.
2022 yilning birinchi yarmida Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan kelgan xorijiy biznes vakillari Wildberries orqali mahsulot sotish hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 441 foizga oshirib, 5,1 milliard rublni tashkil etdi.

Onlayn savdo maydonchasida kimning qanday tovarlari mashhur:

Belarusiyadan eng ko‘p xarid qilinadigan mahsulotlar: kipriklar uchun tush, ichki kiyim va gulqog‘oz.
Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlardan choy, shirinliklar va kosmetika sovunlari eng ko‘p xarid qilingan.
Armanistondan mashhur mahsulotlar konservalangan sabzavotlar, murabbo va quritilgan mevalardir.
Qirg‘izistondan xaridorlar ko‘pincha bluzka, pijama va uy hayvonlari uchun oziq-ovqat,
O‘zbekistondan esa - futbolka, ko‘ylaklar va yengi uzun futbolkalar buyurtma qilishadi.
Kompaniya xabar qilishiga ko‘ra, so‘nggi vaqtda onlayn savdo maydonchasida ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar savdosi sezilarli darajada o‘sgan: oziq-ovqat mahsulotlari (58 barobar), sog‘liqni saqlash mahsulotlari (28 barobar), shaxsiy himoya vositalari niqoblar, qo‘lqoplar va antiseptiklar (10 baravar), kanselyariya tovarlari (9 marta) va o‘yinchoqlar (9 marta).
“Biz logistika infratuzilmasini mustahkamlayapmiz: masalan Armanistonda distributorlik markazini ishga tushirdik, buning natijasida mamlakat tadbirkorlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Qozog‘istondagi logistika markazini 2,5 barobarga kengaytirib, 10 ming kv. Bu mahalliy biznes vakillarining elektron tijoratga yanada faol o‘tishiga olib keldi ", dedi Wildberries matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, Wildberries Rossiyaning eng yirik onlayn savdo platformasi bo‘lib u yerda Rossiya, MDH va Xitoyda ishlab chiqilgan millionlab tovarlarni xarid qilish mumkin. So‘nggi yillarda kompaniya MDHning bir necha davlatlarida ham o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Kompaniya Toshkentda ham o‘z omborxonasi va tarqatish punktlarini ishga tushirgan.
Darvoqe, shu kunlarda Wildberries Rossiyada yangi brendni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Yaqin kelajakda kompaniya nomi ruscha "Yagodki" so‘ziga almashtirilishi mumkin.