Sirdaryoda “Gullar festivali”ga tayyorgarlik boshlandi - foto

Shahardagi xiyobonlar, markaziy ko‘chalarning bo‘ylarida rang-barang gulzorlar tashkil etilmoqda - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Mustaqillik bayrami munosabati bilan Guliston shahrida o‘tkaziladigan “Gullar festivali”ga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi. Bu haqida Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Aytilishicha, hozirda har bir tashkilot o‘z binosi hududini gul bilan bezatmoqda.
Sirdaryoda “Gullar festivali”ga tayyorgarlik boshlandi
Shuningdek, xiyobonlar, markaziy ko‘chalarda rang-barang gulzorlar tashkil etilmoqda.
Sirdaryoda “Gullar festivali”ga tayyorgarlik boshlandi
“Go‘zallik bayrami viloyat markazining o‘z nomiga monand ko‘rkam shaharga aylanishiga xizmat qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Sirdaryoda “Gullar festivali”ga tayyorgarlik boshlandi
Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyatida “Gullar festivali” 2018-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi.