Namangandagi ziyoratgohdan o‘g‘irlab ketilgan Qur’oni Karim nusxasi topildi

Qo‘lozma nusxasi Namangan shahridagi xonadonlardan biriga yashirib qo‘yilgan.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. 9 avgustidan 10-avgustiga o‘tar kechasi Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohida saqlanyotgan “Qur’oni Karim” kitobining qo‘lozma nusxasi o‘g‘irlab ketilgandi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan aniqlanishicha, qo‘lozma nusxasi Namangan shahridagi xonadonlardan biriga yashirib qo‘yilgan.
“Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qo‘lozma nusxani o‘g‘irlab ketgan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ulardan biri Chortoq tumani, ikkinchi esa Namangan shahrida yashovchi shaxslar bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Qur’oni Karim mushafi to‘liq ipak matodan tayyorlangan bo‘lib, u 1874-yilda yozib tugatilgan. Kitobning bo‘yi 74 santimetr, eni 51 santimetr va qalinligi 12 santimetr bo‘lgan. 426 betdan iborat kitobning har bir betiga 13 qatordan oyatlar yozilgan.