TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Mali va Rossiyaning terrorizmga qarshi kurash sohasidagi harbiy hamkorligi sezilarli natijalar berdi. Bu haqda Mali mudofaa vaziri Sadio Kamara RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Avvalroq Mali TIV Rossiya Federatsiyasi tomonidan yetkazib berilgan samolyotlar Maliga terrorchilarga qarshi kurash strategiyasini o‘zgartirishga imkon berganini, Moskva mamlakatni texnik yordam va mutaxassislar bilan ta’minlashini ma’lum qilgandi.
“Deyarli 10-yil davomida biz terrorizmga qarshi kurashda bir qancha davlatlar bilan harbiy hamkorlikni davom ettirdik. Lekin Rossiya bilan biz bir necha oy ichida sezilarli natijalarga erishdik”, deb ta’kidladi vazir.
Sadio Samara, shuningdek, Rossiya Federatsiyasini Malining strategik hamkori deb atadi.
“Rossiya (Mali - tahr.) mustaqillikka erishganidan beri muhim strategik sherik bo‘lib kelgan. U Malining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan harbiy hamkorlik siyosatiga amal qiladi”, dedi u.
Ma’lumot o‘rnida, Malida hukumat kuchlari hamda turli separatistik va islomiy guruhlar jangarilari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv 2012-yilda boshlangan.