Chusovitina Islom birdamlik o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Chusovitina tayanib sakrash dasturida eng yaxshi natijani qayd etdi - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekiston va jahon gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina V Islom birdamlik o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, musobaqada tayanib sakrash dasturida ishtirok etgan Chusovitina eng yaxshi natijani qayd etib, shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy oldi.
Chusovitina g‘alabadan keyin o‘zbekistonliklarga “Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur, buni his qildim va bu menga juda yordam berdi!”, deya murojaat qildi.
Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 8-marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, gimnastika tarixi va “Ginnessning rekordlari” kitobiga kiritilgan.