TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Bugun, kechasi Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeraportida Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda Toshkent shahrining bir necha ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vaqtincha yopiladigan ko‘chalar:
Toshkent xalqaro aeraportidan Qumariq va Sodiqjon Tolipov ko‘chalari bo‘ylab Nukus ko‘chasigacha;
Nukus ko‘chasidan uning Oybek ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
Oybek va Afrosiyob ko‘chalaridan Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab uning Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
Navoiy shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab uning Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab uning Botir Zokirov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
Botir Zokirov ko‘chasidan Paxtakor ko‘chasi 79-uygacha.
Xarita
© Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
“Haydovchilardan vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.