TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida omborda qolgan buyumlarni sotish doirasida kimoshdi savdosida sotib olingan chamadonlardan odam jasadlari topildi. Jasadlar yosh bolalarga tegishli. Bu haqda mamlakat politsiyasi xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.
“Men ikki yosh bolaning jasadi bilan shug‘ullanayotganimizni tasdiqlay olaman, ular boshlang‘ich maktab yoshida bo‘lgan”, dedi detektiv Tofilau Faamanuia Vaaelua.
Vaaeluaning aytishicha, halok bo‘lgan bolalar 5-10 yosh atrofida bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya ularning o‘lgan vaqti va joyini aniqlash ustida ishlamoqda, biroq dastlabki belgilar bolalar jasadlari topilishidan bir necha yil oldin o‘lgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. U, shuningdek, huquq-tartibot idoralari ombor ijarasi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazayotganini aytdi.
Vaaeluaning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlarning qarindoshlari Yangi Zelandiyada, biroq politsiya Interpol bilan ham hamkorlik qilmoqda.