Ukraina qanday qilib kamikadze-mamlakatga aylanmoqda?

Afg‘oniston, Checheniston, Iroq, Suriya, Liviyada bo‘lgan mojarolarda turli radikallarni qo‘llab-quvvatlagan, ta’minlagan AQSh, Rossiyani terrorchilarga homiy davlat deb e’lon qilmoqchi.
Sputnik
AQShning Rossiyani terrorizm homiysi mamlakati deb e’lon qilish tahdidlari Vashingtonning sotilgan vassallari - Boltiqbo‘yi mamlakatlarining shunga o‘xshash qarorlari bilan davom etdi. May oyida shunday yo‘l tutishda Litva rahbariyati “qahramonlik ko‘rsatdi”, o‘tgan hafta esa - ularning Rigadagi qo‘shnilari.
Bu vaqtda aftidan AQSh elitasi ushbu ssenariyni jiddiy ko‘rib chiqayotgandek: AQSh Senati shunga mos rezolyutsiyani allaqachon qabul qildi, biroq Bayden ma’muriyati uni qo‘llab- quvvatlashga shoshilmayapti. Xususan, OAV ning yozishicha, davlat bosh kotibi Entoni Blinken faol qarshilik ko‘rsatmoqda.
Sabablar tushunarli: bunday qaror nafaqat Vashingtonni Kreml bilan turlicha aloqa qilayotgan o‘z ittifoqdoshlariga sanksiya qo‘llashga, balki eng kamida Karib inqirozidan buyon shundoq ham tarixda eng yomon munosabatlarni boshdan kechirayotgan Moskva bilan aloqalarini ham butunlay yo‘qqa chiqaradi.
Kremlda bunday hatti-harakat vaziyatni tubdan o‘zgartirishini ma’lum qilishdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova agar kongress ushbu rezolyutsiyani qabul qilsa ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni unutish mumkinligini aytdi.
Amerikalik siyosatchilarning bunday bema’ni mulohazalari chalg‘itmasligi kerak. Vashington terrorizm homiysi maqomi bilan lan’at kabi tahdid qilmoqda, vaholanki, AQShning o‘zi barcha mojarolarda: Afg‘oniston, Checheniston, Iroq, Suriya, Liviyada turli radikallarni qo‘llab-quvvatlagan, ta’minlagan. Odatda demokratik jamiyatda qoralangan va ta’qibga uchraganlarni G‘arbning o‘zi pul, qurol-yaroq - turli xil yordam bilan ta’minlab kelgan.
Ammo, bugun Amerika hukumati Ukrainani to‘laqonli kamikadze-mamlakatga aylantirish orqali terrorizmga homiylikni yangi bosqichga ko‘tardi.
O‘zingiz o‘ylang: Zelenskiy nomli o‘sha prezident ukrain qo‘shinlari Zaporojye AESiga zarba berishda davom etishini oshkora aytmoqda. Chunki u yerda Rossiya bo‘linmalari bor emish. Va ularga bunday harakatlar ekologik fojialarga olib kelishi ham qiziq emas.
Qanday qilib Kiyev o‘ziniki deb hisoblayotgan hududlar uchun jon kuydirish haqida alohida aytmaslik mumkin, odamlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Shu bilan birga hech qanday aniqlik bu otishmalarni oqlay olmaydi: halokatli zarbadan so‘ng ishlayotgan energoblokdan 400 metr uzoqroqqa parchalar va raketa dvigateli kelib tushgan. Ukrain artilleriyachilarining nishonga olish qobiliyati esa ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi: Kramatorsk va Yelenovka sog‘lom aqlga ega odamlarga faqat ikkita variant qoldirishmoqda. Iosif Stalin aytgandek, ikki variant ham yomon - bu yoki noto‘g‘ri hisobga olish yoki ataylab uyushtirilgan harbiy jinoyat.
Ukraina Qurolli Kuchlarining Nikopoldagi harakatlari buning fonida yanada bema’niroq ko‘rinadi. U yerga Kiyev radiatsiya, kimoviy va biologik himoyalanish bo‘yicha o‘n ming harbiyga yaqin alohida polkni yo‘naltirgan. Rossiya Mudofaa vazirligi bu ishni navbatdagi provokatsiya demoqda.
Rossiya mudofaa nazorati milliy markazi rahbari, general-polkovnik Mixail Mizinsevning aytishicha, Zaporoj AES hududidga bunday harakatlar butun qit’aga yadroviy xavf tug‘diradi. Ukraina chindan ham o‘zini kamikadze-mamlakat sifatida tutmoqda.
Bundan tashqari, hafta boshida ukrain diversantlarining Kursk viloyatidagi harakatlari ma’lum bo‘ldi. U yerda diversantlar atom elekstrostansiyadan keladigan oltita elektr o‘tkazgich liniyalarini portlatishgan.
Shu bilan birga Ukraina Qurolli Kuchlari Gorlovkada otishmalarni davom ettirmoqda. Bir necha kun avval “Stirol” zavodi artilleriya zarbasiga uchradi. Zavod 2014-yildan buyon ishlamaydi, biroq shahar hududida mahalliy kimoviy zavod ko‘milgan.

Umuman, ukrain qo‘shinlari o‘z harakatlari bilan ekologik falokatni keltirib chiqarishmoqda. Ammo bu hammasi emas. Ukrain harbiylarining “Lepestok” minalarini sochib chiqishayotganini olaylik: ular hech qanday harbiy vazifani bajarishayotgani yo‘q. Bu holatda asosiy maqsad - tinch aholini yo‘q qilish.

1993 yilda Britaniyaning The Independent gazetasi qiziq maqtovli maqola e’lon qilgan edi: “Sovetga qarshi jangchi o‘z armiyasini tinchlikka yo‘naltirdi”. Va maqola suratidan Usama bin Lodin jilmayib turibdi: material aynan uning Afg‘onistondagi “qahramonliklar”iga bag‘ishlangan edi.
20 yil o‘tib esa G‘arb matbuotida boshqa qahramonlar paydo bo‘ldi: endi Vladimir Zelenskiy rafiqasi bilan Vogue muqovasiga ko‘rk bag‘ishlab turibdi. Suratlarni Enni Leybovisning o‘zi olgan. Nashr faqat personajlari bilan farq qiladi, ammo ahamiyati o‘sha-o‘sha - AQSh rahbarligidagi G‘arb pul, qurol va barcha usullarda axborot ko‘magini berib radikal rejimlarni qo‘llab quvvatlashda davom etadi. Qolaversa, o‘tgan o‘n yillarga qaraganda ancha katta hajmlarda.
Vladimir Putin siyosiy karyerasining boshida ta’kidlaganidek, Rossiya terrorchilarni hamma joyda ta’kib qiladi. Va ular bilan muzokaralar qilishni aslo rejalashtirmaydi. Yaqinda Potr Poroshenko tan olgan, dastlab Ukrainaga urushga tayyorgarlik ko‘rish imkonini berishga qaratilgan Minsk jarayonlari ham yetadi. Chunki Kiyevda hech kim mas’uliyatni bo‘yniga olishni rejalashtirmagan.
Shunga qaramay,Ukrainaga tinchlik albatta keladi. Ammo o‘shanda Zelenskiy ham, uning dekorativ va bema’ni arestovichlari, podolyaku kuleblari va katta siyosatga aralashib qolgan boshqa qalloblar ham bo‘lmaydi.