TOShKENT, 18 avg — Sputnik Shvetsiya va Finlyandiya Anqaraning ekstraditsiya bo‘yicha talablarini hamon bajarishmagan. Bu holatda mamlakatlarning NATOga a’zo bo‘lish jarayoni to‘xtatiladi, deydi Turkiya adliya vaziri Bekir Bozdag‘ .
“Turkiyaning ijobiy qarori Shvetsiya va Finlyandiyaning NATO kirish jarayoni tugaganini anglatmaydi. Bu jarayonni boshlash uchun rozilik edi. Agar berilgan va’dalar bajarilsa, Turkiya ham o‘z so‘zida turadi. Aks holda jarayon to‘xtatiladi. Shvetsiya va Finlyandiya hukumatlari Turkiyaning ekstraditsiya talablarini hamon bajarishmadi... Ular ekstraditsiya qilishi kerak bo‘lgan shaxsning terroristik jinoyatlarga aloqasi yo‘q”, - deya vazirning so‘zlarini keltiradi Milliyet gazetasi.
Rossiyaning Ukrainadagi mahsus harbiy operatsiyasi fonida Finlyandiya va Shvetsiya 18-may kuni NATO bosh kotibiga alyansga a’zo bo‘lish uchun ariza kiritishgan. Avval Turkiya arizalarni ko‘rib chiqish jarayonlariga to‘sqinlik qilgan edi. Biroq, 29-iyun kuni Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya Anqaraning barcha xavotirlarini hisobga olgan xavfsizlik memorandumini imzolashdi. O‘z navbatida Turkiya ushbu ikki Yevropa mamlakatining NATOga a’zoligiga qarshiligini bekor qildi.