TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Kinematografiya agentligi O‘zbekiston Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan 25-avgustdan 25-sentabrgacha “Milliy kinofilmlar oyligi” oyligini tashkil etadi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Aniqlik kiritilishicha, unda 30 ta badiiy, hujjatli va animatsion jami 90 film respublika kinoteatrlarida bepul namoyish etiladi.
Mazkur aksiya “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali oldidan tashkil etilmoqda.
Shuningdek, filmlar davlat va nodavlat telekanallarda ham namoyish etiladi.
“Milliy kinofilmlar oyligi”da taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar va muloqotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.