“19 avgust kuni Kiyev rejimi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Ukrainaga tashrifi chog‘ida Zaporojye atom elektr stansiyasida rezonansli provokatsiya tayyorlamoqda, buning natijasida Rossiya Federatsiyasi ushbu elektr stansiyasida texnogen falokat yaratishda ayblanadi”, - dedi Konashenkov.
“Dnepr” tezkor-taktik guruhi qo‘mondonligi provokatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun 19-avgustga qadar Zaporojye viloyatida radiatsiya kuzatuv postlarini joylashtirmoqda, shuningdek, 108-hududiy mudofaa brigadasi, 44-artilleriya brigadasi va harbiy qismlar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etmoqda”, - dedi Rossiya Mudofaa vazirligi vakili.
“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Zaporojye AES xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda”, - dedi vazirlik rasmiy vakili.