TOShKENT, 18 avg - Sputnik. O‘zbekistonda bugun tush payti magnit bo‘ronining G4 darajaga ega 6 balli o‘ta faol bosqichi kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 18-19 avgust kunlari O‘zbekistonda magnit bo‘ronining o‘ta faol bocqichi kuzatiladi. Bugun kun davomida G3 va G4 darajaga ega 5-6 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
G4 darajali magnit bo‘roni yuqoriroq ta’sir kuchiga ega bo‘lib, 6 balli magnit maydon geomagnit po‘rtana (shtorm) kuchiga ega. Bu kuch aloqa, elektr tarmoqlari, navigatsiya tizimi, sun’iy yo‘ldoshlar parvozi, quvur va trubalardagi induksiya oqimi, geologik qidiruv ishlari hamda inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, bugun kun davomida juda ko‘pchilikda bosh orqa qismida karaxtlik va biroz ko‘ngil aynish holatlari kuzatilishi mumkin.