TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Bugun Toshkentdagi Kinochilar uyida rejissor “Baron 2. Sog‘inch” kinokartinasining maxsus namoyishi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“O‘zbekiston bilan hamkorlikda ishlayotganimiz muvaffaqiyatli chiqadi, deb o‘ylayman. Syomka jarayonlari qizg‘in kechdi va hamkorlik davom etadi degan umiddaman”,- dedi “Inferno”kompaniyasi vakili va film produseri Ivan Arxipov.
“Baron 2. Sog‘inch” filmi
© Sputnik
Film 18-avgustdan bir vaqtning o‘zida Rossiyada ham namoyish etiladi.
Bosh rol ijrochisi Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov film haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ijodiy jamoa juda yaxshi bo‘ldi. Filmning birinchi qismi narkobiznes haqida bo‘lsa, ikkinchi qismi terrorizm haqida. Kartinani ko‘ring va qiziqarli voqealarga guvoh bo‘ling!”, - dedi u.
“Baron 2” badiiy filmi terrorchi uyushmalarni fosh qiluvchi, ichki mexanizmlarni ochib beruvchi o‘tkir sujetli drama. Unda murakkab truklar, ekshn va ommaviy sahnalar, pirotexnik vositalar yordamida qo‘poruvchilik epizodlari tasvirlanadi.
Ssenariy muallifi postanovkachi rejissor Rustam Sa’diyev, produser Ivan Arxipov. Filmda rossiyalik aktorlar Farhod Mahmudov, Viktor Verbijskiy, Viktoriya Tovstanogova, turkiyalik Kaan Urganjog‘lu, Sefa Sengin, Yasmina Salah, o‘zbekistonlik Dilnoza Kubayeva, Yulduz Rajabova, Shahzoda Matchonova, Javohir Zokirov va boshqalar rollar etishgan.