Kuni kecha Toshkentdagi muayan yashash joyiga ega bo‘lmaganlar yangilangan binoga ko‘chib o‘tishdi.
“Mehr-saxovat”uyi hududi obodonlashtirildi. Ta’mirdan chiqqan ayollar va erkaklar bo‘limida konditsioner, televizor va yangi karavotlar paydo bo‘ldi. Alohida yuvinish xonalari qurilgan, yozgi va qishki oshxona bunyod etilgan.
U yerda ayrim kasalliklarga chalinganlar ham yashashadi. Ba’zilari mustaqil harakat qila olishmaydi. Shuning uchun uyga ko‘ngillilar yordam kerak.
Hozir bu yerda 98 kishi yashayapti. “Mehr-saxovat”uyi binosining yangilangan ko‘rinishi Sputnik videosida.