To‘raqo‘rg‘on IESga tabiiy gaz yetkazib berish qayta tiklandi

IESga tabiiy gaz yetkazib berish tiklangani ma’lum qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Energetika vazirligi IESga tabiiy gaz yetkazib berish tiklanganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasiga tabiiy gaz yetkazib beruvchi magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilib, stansiyaga gaz yetkazib berilishi qayta tiklangan.
Soat 18:33 da 1-son energoblok tarmoqqa ulanib elektr energiyasini uzatishni boshladi. Stansiya soat 19:30 dan to‘liq quvvatda ishlay boshlagan.