TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining Madina shahriga yetib bordi.
Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Madina mintaqasi rahbarlari kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev musulmonlarning muqaddas ziyoratgohlaridan biri – Masjidun Nabaviyga yo‘l oldi.