TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekistonlik paralimpiyachilar musobaqani 8 ta medal bilan yakunlashdi. Bu haqida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasining 7 nafar ishtirokchisi 4 ta para sport turida ishtirok etdi.
“Musobaqa yakunida sportchilar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi”, deyiladi xabarda.
V Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi yosh va yangilanlan tarkibda ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, V Islom birdamligi o‘yinlari 18-avgustga qadar davom etadi.