TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrifining birinchi manzili - muqaddas Madina shahriga keldi.
Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda davlati rahbarini Madina mintaqasi rahbarlari kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev musulmonlarning muqaddas ziyoratgohlaridan biri – Masjidun Nabaviyga yo‘l oldi.
Shavkat Mirziyoyev Masjidun Nabaviyga kelib, ikki rakat namoz o‘qidi.
Prezident O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilab duo qildi.