Maktablar atrofida gazlangan ichimliklar va fastfud savdosi taqiqlanishi kutilmoqda

SSV 1-sentabrdan maktablar va ular atrofida shakarli, gazlangan va energetik ichimliklar va tez tayyorlangan taomlar savdosini taqiqlashni taklif qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekistonda maktablar atrofida gazlangan ichimliklar va tez tayyorlangan taomlar savdosi taqiqlanishi mumkin. Tegishli qonun loyihasini Sog‘liqni saqlash vazirligi ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.
Hujjat bilan 2022-yil 1-sentabrdan maktablar va ular atrofida shakarli, gazlangan va energetik ichimliklar, shuningdek tez tayyorlangan taomlar savdosi 500 metr atrofidan kam bo‘lmagan hududlarda taqiqlanish taklif qilinmoqda.
Maktablar atrofidagi bunday savdo ustidan nazoratni kuchaytiriladi va mas’ul vazirliklar va tashkilotlar muntazam reydlar o‘tkazishadi.
Bu bilan o‘smirlar salomatligi mustahkamlangan, shuningdek, ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarning oldi olinishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, tibbiyot ta’limi tizimida o‘smirlar ovqatlanishi bo‘yicha o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, ratsional ovqatlanishiga oid mavzularni kiritish mo‘ljallanmoqda.
Hujjat muhokamasi 30-avgustga qadar davom etadi.