TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada o‘tkazilayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarida yana 9ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Islom birdamligi o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda. O‘zbekistonlik sportchilar delegatsiya hisobiga yana 3ta oltin, 2ta kumush va 8ta bronza medalini taqdim etishdi.
Dzudo bo‘yicha bahslarda Gulnoza Matniyazova oltin medalni qo‘lga kiritdi. U -70 kg vazn toifasining final bellashuvida tunislik Nihel Landolsiga qarshi kurashib, chiroyli g‘alabani tantana qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi yana 9ta medalni qo‘lga kiritdi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Yana bir oltin medal Muzaffarbek To‘raboyev tomonidan qo‘lga kiritildi. Yosh dzudochi -100 kg vazn toifasida bahs olib borib, finalda 68 soniya ichida Rio-2016 finalchisi ozarbayjonlik Elmar Gasimovni mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekiston terma jamoasi yana 9ta medalni qo‘lga kiritdi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
-81 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahs olib borgan Sharofiddin Boltaboyev esa ozarbayjonlik azaliy raqiblaridan biri Zelim Tkayevni mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi yana 9ta medalni qo‘lga kiritdi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Dzudo bahslarida yana bir bronza. -70 kg vazn toifasida bahs olib borgan Shohista Nazarova ham bronza medali uchun kechgan bahsda eronlik Maram Barbatdan ustun keldi.
O‘zbekiston terma jamoasi yana 9ta medalni qo‘lga kiritdi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Davlat Bobonov ham delegatsiyaga bronza medalini taqdim qildi. -90 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchi uchinchi o‘rin uchun bahsda livanlik raqibidan ustun keldi.
O‘zbekiston terma jamoasi yana 9ta medalni qo‘lga kiritdi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Dzudochilar yakkalik bellashuvlarini kumush medal bilan yakunlashdi. Eng og‘ir vazn toifasida bahs olib borgan xorazmlik polvon Alisher Yusupov BAA vakili Magomedumar Magomedumarovga qarshi tatamiga chiqib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi yana 9ta medalni qo‘lga kiritdi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Qilichbozlar ham yana bir medalga sazovor bo‘lishdi. Bu gal shpagachi Shahzoda Egamberdiyeva katta sahnaga chiqdi. 18 yoshli Egamberdiyeva finalgacha barcha raqiblarini mag‘lub etib, hal qiluvchi bahsda mezbonlar vakili Aleyna Erturkka imkoniyatni boy berdi va kumush medal sohiblari qatoridan joy oldi.
O‘zbekiston terma jamoasi yana 9ta medalni qo‘lga kiritdi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Qoraqalpoq qilichbozlik maktabining iste’dodli vakillaridan biri Musa Aymuratov Islom birdamligi o‘yinlarida shohsupaga ko‘tarildi. Sablyachi yakkalik dasturida yarim finalgacha yetib borib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi yana 9ta medalni qo‘lga kiritdi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Rapira dasturida erkaklar o‘rtasida jamoaviy bahsda ishtirok etgan yigitlar finalda mezbonlarni 45:36 hisobida mag‘luboyatga uchratib, oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi yana 9ta medalni qo‘lga kiritdi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi sportning turli yo‘nalishlarida qo‘lga kiritgan medallar soni 121taga yetdi. Shundan 43 tasi oltin, 30 tasi kumush va 48 tasi bronza. O‘zbekiston 55 ta davlatlar orasida umumjamoa hisobida 2-o‘rinda bormoqda.