Badiiy va hujjatli filmlar ortilgan “Kinokarvon” Qoraqalpog‘istonga yetib bordi

Respublikaning barcha hududlarida 15 dan ortiq filmlar namoyishi va taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda “Kinokarvon” aksiyasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Bu haqida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, Qoraqalpog‘istonning barcha shahar va tumanlarida milliy filmlar va konsert dasturlari namoyish etiladi.
"Tomoshabinlar uchun 15 ta badiiy va hujjatli film namoyishi rejalashtirilgan", deyiladi xabarda.
Shuningdek, 20dan ortiq taniqli san’atkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tadi. Ular orasida O‘zbekiston xalq artistlari Muhammadsoli Yusupov, Dilorom Karimova, Abduxalil Mingnorov, Matoqub Matchonovlar bor.