Ta’lim muassasalarida darslar qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Ta’lim tashkilotlarida dars jarayonlari 5-sentabrdan boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari uchun 2022/2023 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni 5-sentabrdan boshlanadi.Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etish kerak, bu yil o‘zbekistonliklar mustaqillikning 31-yilligini nishonlaydi. Shu munosabat bilan 4 kun dam oladi:
· 1-sentabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
· 2-sentabr — juma (ish haftasi turidan qat’iy nazar qo‘shimcha dam olish kuni);
· 3-sentabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
· 4-sentabr — yakshanba (dam olish kuni).
“Demak, 5-sentabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022/2023 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.