Shoygu Yevropadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini aytdi

Rossiya mudofaa vazirining ta’kidlashicha, Yevropada xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sovuq urush avjidagidan ham yomonlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Yevropada xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sovuq urush avj olganidan ham yomonroq bo‘ldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Armiya-2022” forumi doirasida xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasi ochilishida ma’lum qildi.
“Yevropada xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sovuq urush avjidagidan ham yomonlashdi. Alyansning (NATO - tahr.) harbiy faoliyati eng agressiv, Rossiyaga qarshi yo‘nalishga ega bo‘ldi. Qit’aga AQShdan muhim kuchlar o‘tkazildi”, dedi u.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, NATOning qo‘shma qurolli kuchlarining qo‘shimcha bo‘linmalarini blokning “sharqiy qanoti”ga joylashtirish Rossiya Federatsiyasining Ukrainada maxsus harbiy operatsiyasi start olishidan oldin boshlangan.

Mavzuga oid:

Shoygu: Markaziy Osiyoda terrorizmning yuqori xavfi saqlanib qolmoqda
Ukrainada yadro qurolidan foydalanishga hojat yo‘q - Sergey Shoygu