Putin “Qahramon ona” unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

"Qahramon ona" unvoni - o‘n va undan ortiq bolani tug‘ib voyaga yetkizgan Rossiya fuqarosiga beriladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Qahramon ona” unvonini ta’sis etish farmonni imzoladi. Bu haqda huquqiy axborot rasmiy internet portalida e’lon qilingan hujjat darak bermoqda.

“Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan, o‘n va undan ortiq bolani tug‘gan va tarbiyalagan onaga “Qahramon ona” unvoni belgilansin”, deyiladi hujjatda.

Bunda bolalar ham Rossiya fuqarosi bo‘lishi kerakligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Shuningdek, "Qahramon ona" unvoni bilan birga 1 million rubl miqdorida bir martalik pul mukofoti ham beriladi.