TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Yerevandagi “Surmalu” savdo markazidagi portlash qurbonlari soni 16 kishiga yetdi, jumladan, homilador ayol va yosh bolaning jasadi topildi. Bu haqda Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida xabar berilgan.
Vazirlik avvalroq 14 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
“Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 16 nafar halok bo‘lganlarning jasadi topildi. Ulardan to‘qqiz nafarining, jumladan bir bolaning shaxsi hali aniqlanmagan”, deyiladi xabarda.
Savdo markazida 14-avgust kuni sodir bo‘lgan portlash oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 62 kishi jabrlangan. Shuningdek, 18 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanishi mumkinligi ma’lum qilingan.