ARMI-2022

ArMI-2022: o‘zbekistonlik qurolsoz ustalar ikkita rekordni yangilashdi

“Qurolsoz usta” musobaqasining birinchi bosqichida O‘zbekiston jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Jizzaxdagi "Forish" poligonida o‘tkazilayotgan “Qurolsoz usta” musobaqasining birinchi bosqichida O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘zaro bellashishdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqa avvalida dastlab 8 nafardan iborat harbiy xizmatchi 122 millimetrli D-30 gaubitsasini yurish holatdan jangovar holatga o‘tkazishdi.
Konkurs "Master-orujeynik"
So‘ng stvolni ta’mirlash avtomobili yordamida zaxira stvolga almashtirishdi. Bu gaubitsa "KamAZ-43118" avtomobilida shatakka olgan holda avtodrom bo‘ylab 4200 metr masofada joylashtirilgan to‘qqiz dona to‘siqlardan (chuqurlik, tirsakli ko‘prik bilan, minali maydon, qiyalik, balandlik, avtomobil uchun pana joy, zaharlangan hudud, ilon izi, gabaritli karidor va suv to‘siqlari) o‘tib meyorlarni bajarishdi.
Dastlabki maydonga yetib kelib qurilmani yurish holatidan jangovar holatga o‘tkazishib, otish mexanizmlaridagi nosozliklarni bartaraf qilib, belgilangan yo‘nalish tomon paxtavon o‘q-dorilardan o‘q-otish bilan yakunladi.
Konkurs "Master-orujeynik"
Yakunga ko‘ra, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi 19 daqiqa 58 soniya bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Rossiya terma jamoa 35 daqiqa 47 soniya natija bilan ikkinchi bo‘ldi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3
Bu ko‘rsatkich bilan o‘zbekistonlik harbiylar Rossiya vakillari 2020-yilda o‘rnatgan 22 daqiqa 02 soniya bo‘lgan rekordni ham yangilashdi. Qolaversa, II darajali serjant Bektosh Omonov “Eng ilg‘or artilleriya bo‘linmasi haydovchisi” nominatsiyasi g‘olib bo‘lib, 2021-yil Eronda o‘rnatilgan 2 daqiqa 52 soniya rekord natijasini 2 daqiqa 11 soniya natija ko‘rsatib yangiladi.