TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Sharqiy Xitoyda joylashgan Szansu provinsiyasidagi Usi shahridan chiqqan yuk poyezdi Markaziy Osiyo tomon yo‘l oldi. Bu haqida “Dunyo” AA "Jenmin jibao" gazetasiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, poyezd taxminan 20 kundan keyin O‘zbekiston va Qozog‘istonga yetib keladi.
Poyezdga 1 ming tonnadan ziyod yuk joylashtirilgan. Ular umumiy bozor qiymati 30 mln yuan (taxminan 4.4 mln dollari) miqdoriga teng bo‘lgan maishiy texnika va avtomobillar ehtiyot qismlardan iborat.
Usi shahridagi G‘arbiy logistika parkidagilar tomonidan ma’lum qilinishicha, pandemiya boshlanganidan keyin mahalliy tashqi savdo korxonalari tovarlarni eksport qilishda qiyinchiliklarga duch kela boshlashgan.
Yuk tashuvchi yangi temir yo‘lining paydo bo‘lishi esa ushbu korxonalar uchun yangi imkoniyatlarni yaratmoqda.