VGIK talabasi O‘zbekistondagi turmush tarzi haqida qisqa metrajli film suratga olmoqda

Qisqa metrajli film oddiy bolalarning odatiy turmush tarzi haqida hikoya qiladi. Bosh rol ijrochilari professional aktorlar emas, balki mahalliy aholi.
Sputnik
Rossiya va O‘zbekiston o‘zbek turmush tarzining o‘ziga xosligi haqida qisqa metrajli film suratga olishmoqda. Film qahramonlari- avval kinolarda rol ijro etmagan bolalar.

“Bolalar avval bunday filmlar va loyihalarda ishtirok etishmagan. Bizga aynan shunisi qiziq edi”, - deydi g‘oya muallifi, VGIK talabasi Eldor Shodmonqulov.

Eldorning g‘oyasi rossiyalik taniqli rejissor Nikolay Lebedevning e’tiboriga tushgan. Filmni suratga olish jarayonlari qanday kechapti- Sputnik materialida batafsil.