Ukrainaning ozod qilingan hududlaridan qancha g‘alla yig‘ishtirib olish mumkin?

Aksonovning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik millatchilar ozod qilingan hududlarda hosilga o‘t qo‘yishga harakat qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Ukrainaning ozod qilingan hududlarida ikki million tonnadan ortiq g‘alla yig‘ishtirib olish rejalashtirilgan. Bu haqda Qrim rahbari Sergey Aksonov ma’lum qildi.
“U yerda hosil yaxshi bo‘ladi. Men hamkasblarim bilan gaplashdim, o‘ylaymanki, ozod qilingan hududlarda ikki million tonnadan ortiq g‘alla bo‘ladi”, dedi Aksonov “Rossiya 24” telekanali efirida.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik millatchilar ozod qilingan hududlarda hosilga o‘t qo‘yishga harakat qilmoqda.
Maxsus operatsiya davomida rus harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazoratga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni egallab oldi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, sakkiz yil o‘tgach, Shimoliy Qrim kanali blokdan chiqarildi.