Ukraina bankrot bo‘ldi – Volodin

Volodinning aytishicha, AQSh va YeI yordamisiz Ukraina o‘z fuqarolari oldidagi majburiyatlarini bajara olmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodinning aytishicha, Ukraina ayni vaqtda moliyaviy mustaqilligini yo‘qotgan.

“Ukraina — bankrot. Yig‘ilgan soliqlar mamlakat budjetining atigi 40 foizini tashkil qiladi, budjetning 60 foizdan ortig‘i harbiy xarajatlarga yo‘naltiriladi. Oylik kamomad — 5 milliard dollarga teng”, - deb yozdi u Telegram-kanalida.

Unga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa Ittifoqi yordamisiz Ukraina o‘z fuqarolari oldidagi majburiyatlarini ham bajara olmaydi.
“Ukraina moliyaviy mustaqilligini yo‘qotdi”, - deya ta’kidladi Duma spikeri.
Joriy yil 24-fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi sakkiz yil davomida Kiyev rasmiylari tomonidan zo‘ravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.