Toshkentdagi Navoiy shoh ko‘chasining bir qismi yopildi

14 avgust soat 20:00 dan ishlar yakunlanguniga qadar ko‘chaning Abay ko‘chasi bilan kesishmasidan Xadra maydonining Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopildi.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Toshkent shahridagi Navoiy shoh ko‘chasining bir qismi qurilishi ishlari sababli yopildi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, 14-avgust soat 20:00 dan ishlar yakunlanguniga qadar bu ko‘chaning Abay ko‘chasi bilan kesishmasidan Xadra maydonining Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.
“Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.