Koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaksina barcha shtammlardan himoya qiladi – Ginsburg

Ginsburg spreyni har olti oyda bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda qo‘llash kerakligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi burunga sepiladigan vaksina koronavirusning barcha shtammlaridan himoya qilishda yuqori samaradorlikni ko‘rsatmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga markaz direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.

“Hozirda mavjud va allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan burunga sepiladigan vaksina barcha shtammlardan himoya qilishda yuqori samaradorlikni ko‘rsatmoqda”, - dedi u.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi joriy yilning 1-aprel kuni “Gam-KOVID-Vak” koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi burun vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Preparat nafas yo‘llarining shilliq qavatida immunitet hosil qiladi.
Ginsburg spreyni har olti oyda bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda qo‘llash kerakligini ta’kidladi.

Mavzuga oid:

Ginsburg koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaksina xavfsizligiga baho berdi
“Sputnik Layt” va burunga sepiladigan vaksinani bir vaqtning o‘zida olish mumkinmi