Islom birdamligi o‘yinlari: O‘zbekiston terma jamoasi yana 36 ta medalni qo‘lga kiritdi

Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi qo‘lga kiritgan medallar soni 86 taga yetdi. Mamlakat 55 ta davlatlar orasida umumjamoa hisobida 3-o‘rinda bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sportning turli yo‘nalishlarida yana 36 ta medal –13 ta oltin, 9 ta kumush va 14 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Islom birdamligi o‘yinlarida og‘ir atletikachi Sarvarbek Zafarjonov delegatsiya uchun 3 ta oltin medalni taqdim etdi. Dast ko‘tarish mashqida o‘z g‘alabasini tantana qilgan sportchi siltab ko‘tarishda 199 kg, ikki kurashda esa 366 kg bilan mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Uzbekistanskiy tajeloatlet Sarvarbek Zafarjonov.
Qilichbozlik sportida erkaklar o‘rtasida rapira qurolida bahs olib borgan Muhammad Yusuf Asranov finalda turkiyalik Martino Minutoni mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. U delegatsiya hisobiga bitta oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Uzbekistanskie medalisti na Igrax islamskoy solidarnosti, proxodashix v Konye.
Velosportchilar ham o‘z yo‘nalishlarida eng ko‘p medal jamg‘arib, o‘yinlar davomida 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza, jami 11 ta medal bilan eng ko‘p medal jamg‘argan jamoaga aylanishdi.
Sport qirolichasi nomini olgan yengil atletika bahslari ham yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiya g‘aznasini 4ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan boyitdi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha guruh mashqlarida o‘zbekistonlik sportchilar tengsiz bo‘lishdi. Shahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyazova, Nilufar A’zamova, Mumtozabonu Is’hoqzoda va Mariya Pakdan iborat beshlik 5 halqadagi dasturda (Xurshidabonu Abduraufova zaxirada) 34.750 ball bilan oltin medallarga sazovor bo‘ldi.
Uzbekistanskie medalisti na Igrax islamskoy solidarnosti, proxodashix v Konye.
Delegatsiya hisobiga navbatdagi oltinni badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova qo‘shib qo‘ydi. U halqada o‘tkazilayotgan bellashuvlarda eng yuqori ballga sazovor bo‘ldi. Uning chiqishini hakamlar hay’ati 33.650 ball bilan baholashdi. Qolaversa, u yana ikki yo‘nalishda shohsupaga ko‘tarildi. Sportchi bu gal to‘p bilan mashq dasturi va bulava hamda tasmada kumush medaligasazovor bo‘ldi.
Uzbekistanskie medalisti na Igrax islamskoy solidarnosti, proxodashix v Konye.
Badiiy gimnastikachilar uchun Islom birdamligi o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan individual bellashuvlar ham omadli o‘tdi. Sabina Tashkenbayeva bulava dasturida bronza medaligasazovor bo‘ldi.
Uzbekistanskie medalisti na Igrax islamskoy solidarnosti, proxodashix v Konye.
Musobaqada ishtirok etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining har biri shohsupaga ko‘tarilmoqda.
Og‘ir atletikachi Sunnatilla O‘sarov Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirokini yakunladi. -96 kg vazn toifasida ishtirok etgan O‘sarov siltab ko‘tarishda 190 kg bilan bronza va ikki kurash yakunida 354 kg bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Uzbekistanskie medalisti na Igrax islamskoy solidarnosti, proxodashix v Konye.
Shuningdek, -76 kg vazn toifasida bahs olib borgan Nigora Suvonova dast ko‘tarish mashqi yakuni bo‘yicha 93 kg bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Uzbekistanskie medalisti na Igrax islamskoy solidarnosti, proxodashix v Konye.
Ayollar o‘rtasidagi -81 kg vazn toifasida Rigina Adashbayev dast ko‘tarish mashqida 99 kg toshni bo‘ysundirib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Uzbekistanskie medalisti na Igrax islamskoy solidarnosti, proxodashix v Konye.
Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirokini boshlashdi. Erkaklar o‘rtasida rapira qurolida kechgan bellashuvlarda yarim finalgacha yetib borgan Ilyas Molina hamda Doniyor Sadullayev bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
1 / 2
2 / 2
Erkin usulda suzish bo‘yicha Aleksey Tarasenko 200 metr masofaga kechgan dasturning finalida ishtirok etdi. Kuchli raqobatda u 1:50.01 daqiqa vaqt ko‘rsatib, musobaqada o‘zining ikkinchi kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Uzbekistanskie medalisti na Igrax islamskoy solidarnosti, proxodashix v Konye.
Eldorbek Usmonov 100 metrga erkaklar o‘rtasida batterflyay usulida suzish dasturida 53.79 soniya bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Uzbekistanskie medalisti na Igrax islamskoy solidarnosti, proxodashix v Konye.
Suzuvchi qizlar esa 4x200 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha estafeta yo‘nalishida Afsona Niyazova, Alona Vasileva, Sitora Odilova hamda Ulyana Nizmutdinovadan iborat kvartet 9:09.67 daqiqa bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Uzbekistanskie medalisti na Igrax islamskoy solidarnosti, proxodashix v Konye.
Yosh iqtidorli suzuvchi Yegor Petrakov ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. 400 metrga erkin usulda suzish bahslarida Petrakov 4:01.06 daqiqa bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medali bilan taqdirlandi.
Islom birdamlik o‘yinlari: O‘zbekiston terma jamoasi yana 36 ta medalni qo‘lga kiritdi
Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi sportning turli yo‘nalishlarida qo‘lga kiritgan medallar soni 86 taga yetdi. Shundan 27 tasi oltin, 24 tasi kumush va 35 tasi bronza. O‘zbekiston 55 ta davlatlar orasida umumjamoa hisobida 3-o‘rinda bormoqda.