TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Forish poligonida "ArMI-2022" harbiy musobaqalari boshlanishidan oldan milliy taomlar bo‘yicha master-klasslar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Tez orada Forish poligonida Armiya o‘yinlari-2022 boshlanadi. Ammo rasmiy ochilish oldidan o‘yinlarda ishtirok etuvchi mamlakatlarning har biri reyting jadvaliga kiritilmagan milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha master-klass o‘tkazdi.
Buning uchun har bir davlat o‘z stendini ishlab chiqdi va an’anaviy shirinliklar, non, go‘sht, baliq, ichimliklar va boshqa ko‘p taomlarni taqdim etdi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar eng yaxshi banket dasturxoni bezagi nominatsiyasida baholanadi. Armiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi mamlakatlar mudofaa vazirlarining o‘rinbosarlari birinchi tatib ko‘rdilar.