TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rejep Tayyip Erdog‘anning hamkorligi G‘arb mamlakatlarining g‘azabini qo‘zg‘atmoqda. Bu haqda “The New York Times” gazeta yozmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, chaqiriqlar ikki davlat rahbarlarini har qachongidan ham ko‘ra yaqinlashtirgan va hozir bu sherikchilik “o‘zaro manfaatli”dir.
“New York Times” ma’lumotlariga ko‘ra, bunday munosabatlar Erdog‘anning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlariga xush kelmayapti, chunki Turkiya G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan va sanksiya ostidagi Rossiya banklari bilan ishlash usullarini izlamoqda.
5 avgust kuni Putin va Erdog‘an Sochida muzokaralar o‘tkazgan edi. Unda ham ikki tomonlama, ham xalqaro masalalar muhokama qilingan.