TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonda dori-darmon ishlab chiqaradi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostevning “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteriga tashrifi chog‘ida ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va “Tashkent Pharma Park” rahbariyati bilan uchrashuv doirasida Rossiya kompaniyalari bilan mamlakatda ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmonlarni ishlab chiqarish bo‘yicha allaqachon bir qator shartnomalar imzolanganligi qayd etildi.
Tomonlar Rossiya tibbiyot oliygohlarini Farmatsevtika texnik universitetidagi o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga jalb qilishni ham muhokama qilishdi.
"Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan. Uning vazifalaridan biri innovatsion va yuqori sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun, shu jumladan xorijiy farmatsevtika kompaniyalarining investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish.