1979 yilning 11-avgust sanasi o‘zbek futbol jamoatchiligi uchun qora harflar bilan yozib qo‘yilgan. Dneprodzerjinsk osmonida o‘zbek futboli iftixori sanalgan “Paxtakor” jamoasining 17 nafar a’zosi halokatga uchragan. Bu o‘zbek futboli uchun katta yo‘qotishga aylangan.
Ushbu sanada o‘zbek futboli tarixida o‘chmas iz qoldirgan "Paxtakor"-79 nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham yodga olinadi.